Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
47
9
Sayt test rejimida ishlamoqda...

652025-05-05 18:24

Dang‘ara tumani fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga MUROJAATI

Dang‘ara tumani fermerlari Kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga MUROJAATI Hurmatli fermerlar, mirishkor dehqonlar! Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 1-2 may kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib, hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Xorazm viloyatini qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi. Ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekinlarni yuqori agrotexnik darajada parvarishlash, fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiy imkoniyatlar — ishonchli kelajak asosi ekanligini hisobga olib, 56 ta loyiha doirasida 60 mln dollarlik investitsiyalar jalb etish, 3 ming 400 gektar yerni qayta foydalanishga kiritish, 1 ming 200 gektar mevali bog‘lar yaratish,1,6 ming km ichki ariq va 31 km kanal betonlashtirish zarurligi qayd etildi. Suvni iqtisod qilish bo‘yicha Xorazm o‘z tajribasini yaratdi. Bunda fermer va dehqonlar tomonidan 93 ming gektar yer maydonini lazerli tekislash yo‘lga qo‘yilgani, 196 ming gektar yerga esa suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatilganligi natijasida yiliga 1 milliard kub metr suv iqtisod qilingani ta’kidlandi. Kelgusida Avstriyaning “Bauer” kompaniyasi bilan hamkorlikda 7,5 ming gektarda yomg‘irlab sug‘orishni joriy etish rejalashtirilmoqda. Xorazmlik fermerlar faoliyatiga joriy etilgan lazerli tekislash, avtopilotli traktorlar, quyosh panellari — tannarxni tushirish va daromadni oshirishda muhim vositalarga aylanmoqda. Misol tariqasida, xonqalik fermer Kamoliddin Yusupov 200 kVtlik quyosh paneli o‘rnatib, yiliga 120 mln so‘m tejadi va qo‘shimcha 53 million so‘mlik elektrni tarmoq orqali sotdi. Yuqoridagi Xorazmlik fermerlarning bunday ko‘rsatkichlari Siz fermerlar tomonidan viloyatimizda bundanda ko‘proq qilish imkoniyati mavjud. Prezidentimiz qayd etganidek, yozi jazirama issiq, qishi qahraton sovuq, yerlari kuchli sho‘rlangan Xorazmda nafaqat mehnat qilish, balki bog‘ yaratish, mo‘l hosil undirish – bu, ochiq aytish kerak, har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Shuning uchun xorazmlik dehqonlarni bir emas, ikki marta qahramon, desak hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi, deya e’tirof qildilar. Fermer va dehqonlar mehnatini qadrlab, Xonqa tumanidagi “Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xo‘jaligi rahbari Oyimjon Otajanovaga Prezidentimiz farmoniga binoan "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi" faxriy unvoni berildi. Bu viloyatimizdagi barcha fermer va dehqonlarga yangi kuch-g‘ayrat bag‘ishlab, yanada shijoat bilan ishlashga undaydi. Bundan tashqari, Muhtaram Prezidentimizning e’tiboridan ruhlangan fermer va dehqonlarimiz innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda yanada samarali mehnat qilib, paxtadan 45-50 sentnerdan, g‘alladan esa 80-100 sentnerdan hosil olish orqali daromadlarini oshirish, shu bilan birga viloyatimiz aholisini arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashni maqsad qilishgan. Hurmatli fermerlar! Mevali bog‘lar, hosilga to‘la dalalar, to‘kin dasturxonlar — bularning barchasi Sizlarning kundalik, fidokorona mehnatingiz samarasidir. Biz ishonamizki, sizlar bu yil ham o‘z tajriba va zamonaviy yondashuvlarga suyangan holda yuqori natijalarga erishasiz. Sizlarni yanada shijoat bilan mehnat qilishga, Xorazm tajribasini butun mamlakatga namuna qilib ko‘rsatishga chaqiramiz! Har biringiz bilasizki, qishloq xo‘jaligidagi asosiy maqsad — yuqori hosil, past tannarx va barqaror daromadga erishish. Buning uchun davlat tomonidan keng ko‘lamli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Har yili minglab gektar yerlarda zamonaviy sug‘orish texnologiyalari (tomchilab va yomg‘irlab sug‘orish) joriy etilishi, lazerli tekislash, energiya tejaydigan texnika va quyosh panellari kabi innovatsiyalarni qo‘llash qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ilm, texnologiya va tajribani asosiy ish quroliga aylantirgan zamonaviy fermerimiz mineral o‘g‘itlar o‘rniga biotexnologiyalardan oqilona foydalanishga intilib, ilmiy tavsiyalar asosida hasharotlar va kasalliklarga qarshi biologik usullarni keng joriy etilmoqda. Zero, har bir yurtdoshimiz yaxshi biladi: bugungi fermer faqat yerda ishlaydigan odam emas — u agrobiznes yetakchisi, tadbirkor va mutaxassisdir. Shu boisdan har bir hududda mahalliy sharoitga mos agrotexnik tadbirlar belgilanmoqda. Hurmatli dehqon va fermerlar! Ayni kunlarda g‘alladan yuqori hosil kutilmoqda. Hosilga hosil qo‘shib, yuqori marralarga erishish uchun quyidagi kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb ishlarni amalga oshirishimiz zarur: - g‘alla hosili pishishi arafasida dala maydonlarini suv bostirmasdan peshma-pesh sharbat usulida sug‘orish ishlarini amalga oshirishimiz kerak; - hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olishda o‘rim kombaynlarini mavsumga tayyorgarligini yana bir bor ko‘rib chiqish zarur. Viloyatimizda paxta ekish mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Dalalarda g‘o‘zadan to‘liq nihol undirib olindi. Eng muhimi suvning oldingi yillarga nisbatan ko‘payishi bu yilgi hosilning mo‘l bo‘lishi garovidir. Yuqori xirmon yaratish uchun bugun quyidagi agrotexnik tadbirlarni kechirtirmasdan amalga oshirish talab etiladi: - tumanlarda har bir fermer kesimida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shu asosda ishlarni aniq tashkil qilish lozim; - g‘o‘za unib chiqqan maydonlarda gektariga 200 kg karbamid va 100 kg kaliyli mineral o‘g‘iti bilan kultivatsiya qilish zarur; -g‘o‘za maydonlaridagi mavjud begona o‘tlarni tez fursatda tozalab, begona o‘tdan tozalanmagan g‘o‘za maydonlariga mineral o‘g‘it bermaslik bo‘yicha fermer xo‘jalik rahbarlarini qat’iy ogohlantirish lozim; -suvchilarga to‘liq sharoit yaratib bergan holda, g‘o‘zani sug‘orishda suvning isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymasdan, 1- va 2- sug‘orish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash chorasini ko‘rish zarur; - rivojlanishdan orqada qolayotgan g‘o‘za maydonlarini qo‘shimcha oziqlantirib, shu qatori qo‘shimcha kultivatsiya, chuqur yumshatish, suspenziya sepish ishlarini hamda sug‘orishni faqat sharbat va fekal bilan o‘tkazish kerak; - tuman ishchi guruhlari mavjud muammolarni dalaning o‘zida hal qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha zudlik bilan qo‘shimcha agrotexnik tadbirlar belgilab, xar bir dalaga nazorat uchun mas’ullarni biriktirishi lozim; -birinchi navbatda agrotexnik tadbirlarni ekini sust rivojlangan maydonlarda boshlanishiga alohida e’tibor qaratish kerak; - OVX purkagichlari yordamida barcha fermer xo‘jaliklari suspenziya uchun ishchi eritmani asosan ertalabki va kechki salqin paytlarda sepishni, eng asosiysi g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishini rostlab borish maqsadida zamonaviy “PIKS” preparati bilan ishlashni tashkil qilishi lozim; - g‘o‘zaning turli kasalliklari, hasharotlarga qarshi kurashish uchun biolaboratoriyalarni to‘la quvvat bilan ishlatish lozim. Asosan, biomahsulotlarni dalaga ertalab soat 5:00 dan 9:00 gacha, kech soat 16:00 dan 20:00 gacha belgilangan tartibda chiqarish kerak. Har bir gektar g‘o‘za maydoniga 2 tadan feromon tutqich va 10 ta suyuqlik solingan idishlarni o‘rnatish hamda har 3 kunda suyuqlik, kley va kapsulalarni yangilab turish shart (albatta mutaxassis tavsiyasi asosida). Hurmatli fermerlar va klaster rahbarlari! Sizlarning fidokorona mehnatingiz natijasida aholi tabiiy, sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlanmoqda. Qishloqlarda hayot sifati yaxshilanib, yangidan-yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Eksport salohiyati ortib, yurtimiz brendini dunyo tanimoqda. Ayni kunlarda g‘alla va paxta dalalaridagi barcha agrotexnik tadbirlarni tezkorlik bilan, aniq reja asosida amalga oshirish talab etiladi. Buning uchun suvni tejab, belgilangan muddatda sug‘orishni ta’minlash, mineral o‘g‘itlardan va yerdan oqilona foydalanish hamda o‘rim-yig‘imga sifatli tayyorgarlik ko‘rishga qat’iy bel bog‘lash, bu muddatlarni o‘tkazib yubormaslik zarur. Har bir hududda — Andijondan Nukusgacha, Qarshidan Navoiygacha, Samarqanddan Toshkentgacha — dehqonning zahmatini qadrlash, faoliyatini qo‘llab-quvvatlash – barchamizning umumiy burchimizdir. Biz ishonamizki, fermerlarimiz bilim, tajriba va mehnatsevarligi bilan bu yil ham yuksak natijalarga erishadilar! Dang‘ara tumani fermerlari Kengashi Rayosati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Boshqa yangiliklar