Dang‘ara tumanida mahalla raislari saylovi jarayoni boshlandi








Bugun 1-may kuni Dang‘ara tumanida mahalla raisligiga saylov jarayoni boshlandi. Katta Aravon mahallasida Mahalla raislari saylovi jarayonining dastlabkisi o‘tkazildi. Saylov yangicha demokratik tamoyillar asosida, ochiqlik va oshkoralikda, maxalla fuqarolarining xohish va irodasini erkin ifoda etish prinsiplariga xos tarzda o‘tkazildi. Mazkur mahallada 4100 nafar aholi istiqomat qilib, saylov jarayonida 2460 nafar saylovchi nomidan 277 nafar vakil ishtirok etdi. Nomzodlar o‘z saylovoldi dasturlari bilan tanishtirilib, aholi fikrlari eshitildi. Saylov natijasiga ko‘ra Bo‘tayev Abdug‘affor Muxammadjonovich bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanib, mahalla raisi etib saylandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

suv sepish maxsus transportlari topshirildi.

Sport sinovlari o‘tkazilmoqda.


