Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
75
17
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1792025-07-15 14:45

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi 🔷Dang‘ara tumani hokimligi majlislar zalida ochiq muloqot tarzida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 🔷Uchrashuvda tuman hokimi, Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari, tijorat banklari rahbarlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kasb-hunar maktablarining bitiruvchi yoshlari ishtirok etishdi. 🔷Ochiq muloqotda tuman hokimi mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning orzu-istaklarini, g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, yosh mutaxassislarga, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yigit-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha so‘z yuritdi. 🔷Muloqotda yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni amalga oshirish, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama etildi. Bildirilgan takliflar asosida aniq vazifalar belgilab olindi. 🔷Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari eshitilib, barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi. Yechimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz