Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
67
16
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1522025-06-20 23:35

Quvasoyda zamonaviy “Workout” sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Quvasoyda zamonaviy “Workout” sport maydonchasi foydalanishga topshirildi (https://t.me/Minsportuz/59256) 2024-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha “A” liga 16–21 yosh toifasida o'tkazilgan musobaqada Farg'ona viloyati Quvasoy shahar Pastki Valik mahallasida istiqomat qiluvchi yigitlar faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi. Bu esa ularga o‘z mahallalarida zamonaviy sport maydonchasi bunyod etilishi uchun imkoniyat yaratdi. Bugun ushbu mahallada barpo etilgan zamonaviy vorkout sport maydonchasi tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. Bu nafaqat sportchilar yutug'i e'tirofi, balki yoshlarimizga bo‘lgan katta ishonch yo‘lidagi amaliy qadamlardan biridir. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri maslahatchisi Sh.Momindjanov, shahar hokimligi, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda faol jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yosh sportchilarga ezgu tilaklarini bildirishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz